Live
9
O'zbek

Zyule: «Chempionlik haqida gapirishga hali erta»

Futbol
6 sentabr, 07:16
«Roma» himoyachisi chempionlik haqida xulosa chiqarishga hali erta ekanini aytdi.
Zyule: «Chempionlik haqida gapirishga hali erta»
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Italiya A seriyasi Roma Roma 2 : 1 Atalanta Atalanta

Zyule «Atalanta» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoaning mavsumdagi starti haqida fikr bildirdi. Rimliklar A Seriyada ketma-ket uchta g‘alabaga erishdi.

«Men asosiy tarkibda maydonga tushamanmi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar, bor kuchimni berishga harakat qilaman», — dedi Zyule Sky Sport Italia nashriga.

«Biz juda ahilmiz va jamoa muvaffaqiyatiga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Menimcha, bahs davomida boshidan oxirigacha ustunlik qildik va yakunda munosib ochkolarni qo‘lga kiritdik. Skudetto? Bilmayman, chempionlik haqida gapirishga hali juda erta. O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldik va bu mavsum yanada yaxshi natijalarga erishmoqchimiz. Bu jamoa hech qachon taslim bo‘lmaydi», — deya qo‘shimcha qildi germaniyalik futbolchi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Atalanta Atalanta
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar