“Atalanta” yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida yana bir transferni eʼlon qildi.
Bergamo klubi “Bolonya”ning 23 yoshli vingeri Jonatan Rouni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Ayrim shartlar bajarilsa, futbolchini sotib olish majburiy boʻladi.
Sky Sport Italia maʼlumotiga koʻra, “Atalanta” angliyalik oʻyinchining ijarasi uchun 5 million yevro toʻlaydi. Toʻliq transfer esa bergamoliklarga 30 million yevroga tushadi. Shuningdek, yana 5 million yevro miqdorida bonuslar ham koʻzda tutilgan.
Rou oʻtgan mavsumda A Seriyada 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va yana 2 ta golga assistentlik qilgan.
Jonatan faoliyati davomida “Marsel” va “Norvich” jamoalarida ham oʻynagan.
“Atalanta” “Bolonya”dan Rouni oʻz safiga qoʻshib oldi
Futbol
1 sentabr, 16:14
23 yoshli vinger A Seriyadagi jamoasini oʻzgartirdi.
Foto: Atalanta