“Tottenhem” himoyachisi Kevin Danzo “Sanderlend”ga oʻtdi.
“Qora mushuklar” Avstriya milliy jamoasining 27 yoshli futbolchisini 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga oldi.
Avvalroq kelishuvda Kevin Danzoni 25 million funtga sotib olish majburiyati belgilangani xabar qilingandi.
Ben Jeykobsning taʼkidlashicha, futbolchini sotib olish huquqi 22,25 million funtni tashkil etadi va “Sanderlend” Premer-ligada qolgan taqdirdagina faollashadi.
Oʻtgan mavsumda Danzo APLda 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta sariq kartochka olgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa u 4 ta bahsda ishtirok etgan.
Danzo — “Sanderlend” futbolchisi
Futbol
1 sentabr, 17:11
“Qora mushuklar” “Tottenhem” himoyachisini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Foto: Sunderland