Live
10
O'zbek

“Atletiko” Devidni “Yuventus”dan ijaraga oldi

Futbol
1 sentabr, 15:20
Kanadalik 26 yoshli forvard yangi mavsumni Madrid klubida oʻtkazadi.
“Atletiko” Devidni “Yuventus”dan ijaraga oldi
Foto: Atletico Madrid

“Atletiko” “Yuventus” hujumchisi Jonatan Devidni 2026/27 mavsum uchun ijaraga olganini eʼlon qildi.

Turin klubi maʼlum qilishicha, kelishuvda “matraschilarga”ga 26 yoshli kanadalik futbolchini 25 million yevro evaziga sotib olish huquqi ham berilgan. Agar ushbu band faollashtirilsa, ushbu mablagʻ toʻrt yil davomida toʻlab beriladi.

Devid oʻtgan mavsumda A Seriyada 35 ta oʻyinda 6 ta gol urgan va 4 ta assistni ham oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Hujumchi JCH-2026da 5 ta bahsda 3 ta gol urgandi — Qatar (6:0) darvozasiga het-trik.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Yuventus Yuventus
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar