“Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemade “Yuventus”ga oʻtdi.
Turin klubi“Yuventus” Germaniya milliy jamoasining 24 yoshli hujumchisini bir mavsumga 2,8 million yevro evaziga ijaraga oldi. Qoʻshimcha xarajatlar 800 ming yevroni tashkil etadi.
Bitimda maʼlum sport natijalariga erishilgan taqdirda 500 ming yevro miqdorida bonuslar ham koʻzda tutilgan. Futbolchini sotib olish huquqi mavjud emas.
Eslatib oʻtamiz, “olaqargʻalar” Voltemadeni bir yil avval “Shtutgart”dan oʻz tarixidagi rekord qiymat — 85+5 million yevroga sotib olgandi.
2025/26 yilgi mavsumda Nik APLda 33 ta oʻyinda 8 ta gol urdi va jamoaning ikkinchi eng yaxshi toʻpurariga aylandi. Yarimhimoyachi Bruno Gimaraes hisobida esa 9 ta gol bor edi.
Voltemade “Yuventus”ga oʻtdi
Futbol
1 sentabr, 14:09
“Nyukasl” oʻz tarixidagi eng qimmat oʻyinchini ijaraga berdi.
Foto: Juventus FC
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi