Bugun
15
O'zbek

Voltemade «Yuventus» futbolchisiga aylanadi (Romano)

Futbol
1 sentabr, 00:40
Germaniyalik forvard Turin klubiga transfer oynasining so‘nggi kunida qo‘shiladi.
Voltemade «Yuventus» futbolchisiga aylanadi (Romano)
Foto: Getty Images

«Yuventus» «Nyukasl» bilan 24 yoshli Nik Voltemadeni ijaraga olish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Turinliklar futbolchining ijarasi uchun 3,5 million funt sterling (taxminan 4 million yevro) to‘laydi. Bitimda Voltemadeni sotib olish huquqi yoki majburiyati ko‘zda tutilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Nik o‘tgan yozda «Shtutgart»dan 75 million yevro evaziga «Nyukasl»ga ko‘chib o‘tgandi. U Angliya klubi safida 53 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.

Avvalroq «Yuventus» Vikario transferini e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar