«Trabzonspor» futbolchisi Muhammad Saloh yashaydigan ko‘chani uning sharafiga qayta nomlash taklif qilindi. Bu tashabbusni Yomra tumani meri Mustafa Biyik ilgari surgan.
Gap Trabzon viloyatining Kashyustu mahallasidagi Saloh yashaydigan ko‘cha haqida ketmoqda. Agar mahalliy kengash taklifni ma’qullasa, ko‘cha «Muhammad Saloh ko‘chasi» deb nomlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Saloh «Trabzonspor»ga o‘tganidan so‘ng muxlislar tomonidan katta tantana bilan kutib olingan. Endi esa uning nomi klubdagi faoliyati tugaganidan keyin ham shahar tarixida saqlanib qolishi mumkin.
Avvalroq futbolchi jamoasi bilan Yevropa Ligasini tark etgani ma’lum qilingandi.