Bugun
15
O'zbek

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

Futbol
1 sentabr, 01:30
Besh nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Foto: FC Sogdiana

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, besh nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

«Navbahor» forvardi Husayn Norchayev ushbu oyda 5 o‘yinda maydonga tushgan va 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

«So‘g‘diyona» hujumchisi Lyupcho Doriev 5 bahsda 5 gol va 3 assist qayd etgan bo‘lsa, «Lokomotiv» a’zosi Suhrob Nurullayev 5 uchrashuvda 2 tadan gol va assist muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, «Buxoro» vakili Vladimir Rodich 5 o‘yinda 3 gol va 1 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan. «Neftchi» yarimhimoyachisi Vladimir Jovovich esa 5 bellashuvda 5 marta jamoadoshlarining gollariga assistentlik qilgan.

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Foto: O‘zPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar