Angliya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Dele Alli Italiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Hujumkor yarimhimoyachining xizmatlari «Monza»ga taklif qilingan. Hozircha klub rahbariyati 30 yoshli futbolchini tarkibga qo‘shish variantiga qanchalik qiziqish bildirayotgani noma’lum. Monza Alli uchun ehtimoliy variant sifatida tilga olinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Dele «Como» safida bor-yo‘g‘i bir marta maydonga tushgan. U 2025 yil mart oyida «Milan»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan, ammo ko‘p o‘tmay qizil kartochka olgan. Shundan so‘ng Sesk Fabregas angliyalik futbolchini maydonga tushirishga harakat qilmagan.
O‘tgan yil sentyabr oyida esa Alli «Como» bilan shartnomasini bekor qilgandi.