"Como" va Dele Alli oʻzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.
BBC xabar berishicha, futbolchi va klub bu borada ancha oldin bitimni bekor qilishga kelishib olgandi.
U 2025 yilning yanvarida "Como"ga kelib qoʻshilgandi. Bu vaqt davomida bir oʻyinda maydonga tushdi.
Yangi mavsumda u klub safida umuman qaydnomaga kiritilmadi.
Shu tariqa, 29 yoshli yarim himoyachi erkin agentga aylanadi. Avvalroq, Alli 2024 yilning iyulidan 2025 yil yanvarga qadar "Everton"dan ketganidan keyin besh oydan ortiq vaqt klubsiz qolgan edi.
Avvalroq Jamie Vardi "Kremonese" bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.