Bugun
23
O'zbek

Jeymi Vardi – "Kremoneze" futbolchisi

Futbol
1 sentabr, 23:40
U faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.
Jeymi Vardi – "Kremoneze" futbolchisi
Фото: Getty Images

"Lester"ning afsonaviy hujumchisi Jeymi Vardi "Kremoneze" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Italiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Angliyalik 38 yoshli futbolchi A Seriya vakili bilan bir yillik bitim tuzdi. Kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.

O‘tgan mavsum Jeymi "tulkilar" safida barcha turnirlarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 4 assistni qayd etgan. "Lester" bilan Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi va superkubogida ham g‘olib chiqqan.

"Kremoneze" bu mavsum A Seriya turnir jadvalida 6 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Avvalroq "Fiorentina" Lempining transferini e’lon qilgandi.

Bugungi yangiliklar