«Brayton» himoyachisi Tarik Lempi faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
«Fiorentina» 24 yoshli futbolchining transferini e'lon qildi. Transfer qiymati 6 million yevroni tashkil qilgan. Futbolchining o'zi Florensiya klubi bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim tuzgan. U yangi jamoasi safida 48-raqam ostida to'p tepadi.
Lempi «Chelsi» yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U so'nggi 5 mavsumda «Brayton» safida APL, Yevropa Ligasi, Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogida 122 o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urg'an va 12 assistni qayd etdi.
Shuningdek, Gana milliy jamoasi safida ham 11 o'yinda maydonga tushgan.
Avvalroq Moyze Kin «Fiorentina» bilan shartnomasi muddatini uzaytirgani xabar qilingandi.