Moyze Kin "Fiorentina" safida o'ynashda davom etadi.
25 yoshli futbolchi "binafshalar" bilan shartnomasi muddatini uzaytirdi. Kelishuv 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Futbolchi 2024 yilning yozidan beri Florensiya klubi safida o'ynamoqda. Yangi kelishuvga ko'ra, Kenning maoshi sezilarli darajada oshirilgan.
O'tgan mavsumda Moyze "Fiorentina" safida barcha turnirlarda 44 o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi va 4 assistni qayd etdi.
Avvalroq unga "Al Hilol" klubi taklif yuborgandi. Biroq u Saudiya yo'l olishni xohlamagandi.
