«Manchester Siti» futbolchisi Jek Grilishni yana ijaraga beradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Grilish bugun, 1 sentyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Qayd etilishicha, angliyalik futbolchi bo‘yicha bir qator klublar, jumladan, «Sanderlend» ham taklif yuborgan. Biroq «Everton» «shaharliklar» bilan kelishuvga erisha olgan yagona klub bo‘ldi. Qolaversa, «irislar» futbolchining o‘zi uchun ham asosiy variant hisoblangan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Grilish Liverpul klubi safida APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq futbolchi Manchesterdaги barda ichib, uxlab qolgani ma’lum qilingandi.