“Oltin toʻp-2026”ga daʼvogarlar roʻyxati 8 sentyabr kuni eʼlon qilinishi xabar berildi.
France Football tomonidan 70-marta oʻtkaziladigan taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Tadbir ilk bor Londonda tashkil etiladi.
Mukofotlar toifalari va ulardagi nomzodlar soni quyidagicha:
- Erkaklar oʻrtasida “Oltin toʻp” — 30 nafar futbolchi;
- Ayollar oʻrtasida “Oltin toʻp” — 30 nafar futbolchi.
- Erkaklar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi yosh iqtidori” — 10 nafar futbolchi;
- Ayollar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi yosh iqtidori” — 5 nafar futbolchi.
- Erkaklar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi darvozaboni” — 10 nafar futbolchi;
- Ayollar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi darvozaboni” — 5 nafar futbolchi.
- Erkaklar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” — 5 nafar murabbiy;
- Ayollar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” — 5 nafar murabbiy.
- Erkaklar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi hujumchisi” — 10 nafar hujumchi;
- Ayollar oʻrtasida “Yilning eng yaxshi hujumchisi” — 5 nafar hujumchi.
- Erkaklar jamoalari oʻrtasida “Yil klubi” — 5 ta klub;
- Ayollar jamoalari oʻrtasida “Yil klubi” — 5 ta klub.
“Oltin toʻp-2026”. Sovringa nomzodlar roʻyxati qachon eʼlon qilinishi va tadbir sanasi maʼlum
Futbol
31 avgust, 18:19
Marosim ilk bor Londonda oʻtkaziladi. Bosh sovringa 30 futbolchi daʼvogarlik qiladi.
Foto: Getty Images