Live
3
O'zbek

“Liverpul” Baychetichni “Selta”ga qaytardi

Futbol
31 avgust, 15:44
Oʻtgan mavsumni jarohat sabab oʻtkazib yuborgan yarimhimoyachi Vigo klubiga qaytdi.
“Liverpul” Baychetichni “Selta”ga qaytardi
Foto: Celta Vigo

“Liverpul” yarimhimoyachi Stefan Baychetichning “Selta”ga toʻliq transfer asosida oʻtganini eʼlon qildi.

21 yoshli xavbek Ispaniya klubiga erkin agent sifatida qoʻshildi. Mersisaydliklar futbolchining keyingi sotuvidan ulush olish huquqini saqlab qoldi.

Baychetich “Selta” bilan 2029 yil iyun oyigacha shartnoma imzoladi.

2024/25 yilgi mavsumda Stefan avval “Zalsburg”da, keyin esa “Las-Palmas”da ijarada oʻynadi. U Ispaniya klubi safida ogʻir jarohat oldi va oʻtgan mavsumni toʻliq oʻtkazib yubordi.

Baychetich 2021 yil fevral oyida “Selta”dan “Liverpul”ga oʻtgandi. Shundan buyon u “qizillar”ning asosiy jamoasi safida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Selta Vigo Selta Vigo
  • AFC Liverpool AFC Liverpool
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar