Live
1
O'zbek

Mourinio: “Jud bilan kelishib oldim. Uni chap qanot himoyasiga yordamlashinini istamayman”

Futbol
31 avgust, 15:59
“Real” bosh murabbiyi angliyalik yarimhimoyachini eʼtirof etib, uning “Oltin toʻp”ga loyiqligini aytdi.
Mourinio: “Jud bilan kelishib oldim. Uni chap qanot himoyasiga yordamlashinini istamayman”
Foto: Getty Images

Joze Mourinio Jud Bellinhemni “Oltin toʻp” sovriniga munosib nomzod boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi.

“U oʻziga ham, boshqalarga ham juda talabchan. Bu menga juda yoqadi. U bilan kelishib oldim: himoyalanish vaqtida uni ikkinchi chap qanot himoyachisi sifatida koʻrishni istamayman, chunki avval bu holat tez-tez uchrardi. Biz «Benfika” bilan bundan faol foydalanardik. Hozir esa jamoani boshqacha shakllantirdik. U nima qilishi kerakligini biladi va oʻzini juda qulay his qilmoqda.

Men “Real Madrid”da “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritishga qodir bir nechta futbolchi borligini aytganman. Mana ulardan biri — Jud. Albatta, Jahon chempionati orqali tarixga kirgan futbolchilar ham bor. Lekin Jud yarimhimoya markazida — aqlbovar qilmas daraja"
, — deya “Real” bosh murabbiyining soʻzlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar