Argentina milliy jamoasi va “Inter Mayami” klubi yarimhimoyachisi Rodrigo De Paul hamyurti Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
39 yoshli hujumchi avvalroq oʻzining Instagram sahifasida rasmiy bayonot bergan di. De Paul Messining postiga oʻz akkaunti storisida repost qildi.
“Sening mamlakatimizga boʻlgan cheksiz muhabbating, hech qachon taslim boʻlmaslik uchun oʻzing bilan olib borgan ichki kurashing, har qanday adolatsizlikka doimo bardosh berishga imkon bergan kuching, yetakchiliging va milliy jamoa bazasiga kelgan har bir futbolchi oʻzini yaxshi his qilishi uchun koʻrsatgan insonparvarliging. Milliy jamoamizning har bir xodimiga boʻlgan eʼtiboring…
Tarixdagi eng buyuk inson, senga rahmat! Bizlarni shunchalik baxtli qilganing uchun rahmat. Sen qanchadan-qancha tabassumlar ulashganingni hatto tasavvur ham qilolmaysan! Sen abadiysan 😥”, — deb yozdi De Paul.
De Paul Messiga: “Bizlarni shunchalik baxtli qilganing uchun rahmat”
Futbol
31 avgust, 13:41
Argentinalik yarimhimoyachi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan hamyurtiga minnatdorchilik izhor qildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi