“Xetafe” himoyachi Nemanya Gudel bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Serbiyalik 34 yoshli futbolchi La Liga klubi bilan bir yillik shartnoma tuzdi.
Gudel soʻnggi 7 mavsumni “Sevilya”da oʻtkazgandi. Avvalroq esa “Sporting”, “Ayaks” va AZ klublarida ham harakat qilgan.
Futbolchi Serbiya milliy jamoasi safida 75 ta oʻyin oʻtkazgan.
Gudel Madrid klubiga oʻtdi
Futbol
31 avgust, 13:28
Serbiyalik himoyachi “Sevilya”dagi 7 yillik faoliyatdan soʻng La Ligadagi jamoasini oʻzgartirdi.
Foto: Getafe