Live
4
O'zbek

Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbol
31 avgust, 11:25
39 yoshli hujumchi “albiseleste” tarixidagi eng yaxshi toʻpurar va assistent sanaladi.
Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi.

39 yoshli futbolchi bu haqda oʻzining Instagram sahifasida rasmiy bayonot berdi.

Messi Argentina safida 2005 yildan buyon oʻynayotgandi. U milliy jamoa bilan 2022 yilgi Jahon chempionati, ikki marta Amerika Kubogi (2021, 2024) va Finalissimada (2022) gʻolib boʻldi. 2026 yilgi mundialda esa Lionel jamoasi bilan finalga qadar yetib bordi va unda Ispaniyaga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Messi Argentina uchun 207 ta oʻyinda 125 ta gol urgan. Bu — milliy jamoalar darajasida tarixdagi ikkinchi eng yaxshi natija. Rekordchi Krishtianu Ronaldu esa Portugaliya uchun 233 ta bahsda 146 ta toʻp kiritgan.

Shuningdek, Leo assistlar soni boʻyicha Argentinaning eng yaxshi oʻyinchisi sanaladi — 68.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

105+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar