Live
5
O'zbek

Osiyo kubogi U-20, saralash. Oʻzbekiston ilk turda Bangladeshni magʻlub etdi

Futbol
31 avgust, 12:17
Mezbonlar 2-turni 3 ochkosi bor Hindistonga qarshi oʻtkazadi.
Osiyo kubogi U-20, saralash. Oʻzbekiston ilk turda Bangladeshni magʻlub etdi
Foto: UFA

Oʻzbekiston U-20 jamoasi Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi.

B guruhi mezboni Bangladeshga qarshi kechgan oʻyinda Saydaliyev va Abrayevning gollari evaziga raqibni magʻlub etdi.

Guruhning birinchi oʻyinida esa Hindiston Suriyadan minimal hisobda ustun keldi.

Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi 2-turni 3 sentyabr kuni Hindistonga qarshi oʻtkazadi.

Osiyo kubogi U-20. Saralash bosqichi
B guruhi. 1-tur. 31 avgust

Toshkent. “Doʻstlik” stadioni
Oʻzbekiston — Bangladesh 2:0
Gollar: Quvonishbek Saydaliyev (20), Quvonchbek Abrayev (47).
Oʻzbekiston U-20 — Neʼmatulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov (Nurmuhammad Abdugʻaniyev, 46), Azizbek Toʻlqinbekov (C), Quvonchbek Abrayev, Asilbek Abdurasulov, Behruz Abdusattorov (Asilbek Aliyev, 62), Ozodbek Najmiddinov (Ozodbek Odiljonov, 46), Quvonishbek Saydaliyev, Abdulvosit Soliyev (Diyor Ermanov, 80), Muhammadali Dilshodbekov, Davron Toʻlaganov (Abdulfayz Bobomurodov, 62).

Suriya — Hindiston 0:1
Gol: Shami (86).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston U20 O‘zbekiston U20
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar