Live
6
O'zbek

Dzyudo. Oʻzbekiston “Katta dubulgʻa” turnirida 5 ta medal qoʻlga kiritdi

Boshqa sportlar
31 avgust, 10:35
- 90 kg vazn finalida ikki oʻzbekistonlik toʻqnash keldi.
Dzyudo. Oʻzbekiston “Katta dubulgʻa” turnirida 5 ta medal qoʻlga kiritdi
Foto: Judo uz

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi Lozanna “Katta dubulgʻa” turnirini muvaffaqiyatli yakunladi.

Ogʻir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda 1 tadan oltin, kumush va bronza medallari qoʻlga kiritildi.

-90 kg vazn toifasida ikki nafar oʻzbekistonlik Umar Bozorov hamda Nurbek Murtazoyev finalda oʻzaro toʻqnash kelishdi. Bellashuv Bozorovning gʻalabasi bilan yakunlandi.

🥇 Oltin medal:
-90 kg: Umar Bozorov

🥈 Kumush medal:
-90 kg: Nurbek Murtazoyev

🥉 Bronza medal:
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev


Shu tariqa, Oʻzbekiston musobaqani 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Avvalroq Arslonbek Tojiyev kumush, Samariddin Qoʻchqorov bronza medaliga sazovor boʻlgandi.

Bugungi yangiliklar