Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi Shveysariyaning Lozanna shaharida tashkil etilayotgan “Katta dubulgʻa” musobaqasida dastlabki medallariga sazovor boʻldi.
28 avgust kuni -60 kg vazn toifasida kurashgan Samandar Qoʻchqorov bronza medaliga ega chiqdi. U 3-oʻrin uchun bahsda qozogʻistonlik Sherzod Davlatovdan ustun keldi.
29 avgust kuni kechgan -81 kg vazn toifasidagi bahslarda esa Arslonbek Tojiyev saralashda barcha raqiblarini magʻlub etib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bellashuvda qozogʻistonlik Ablayxan Jubanazarga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Dzyudo, “Katta dubulgʻa”. Arslonbek Tojiyev kumush, Samariddin Qoʻchqorov bronza medaliga sazovor boʻldi
Boshqa sportlar
29 avgust, 18:17
Oʻzbekiston jamoasi Lozannadagi turnirda dastlabki medallarini qoʻlga kiritdi.
Foto: IJF