«Surxon» klubi O‘zbekiston Kubogi nimchorak finalida birinchi liga qatnashchisi - «Guliston»ga qarshi maydonga tushdi va kutilmaganda 1:0 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi. Uchrashuvdan so‘ng «Surxon» ustozi Anvar Gʻofurov matbuot anjumanida shunday dedi:
- Men bilgandim va futbolchilarga oson o‘yin bo‘lmasligini uqtirgandim. Bu yaxshi va kurashchan futbolchilarga ega jamoa. Har bir metr uchun kurashadigan klub. Ushbu jamoani «Buxoro» va «Neftchi» bilan o‘yinlarda kuzatdim. Shunga amin bo‘ldimki, oxirgi daqiqagacha kurashadigan jamoa.
Yaxshi shakllangan, o‘ziga yarasha o‘yin uslubi bor. Ular to‘psiz o‘ynashga ham tayyor. Bu jamoani hurmat qilaman, lekin biz ularga yutqazmasligimiz kerak edi. Qaysidir futbolchi o‘yindan oldin yutgan bo‘lishi mumkin. Balki men noto‘g‘ri yetkazgandirman. Lekin yetkazishga harakat qilgandim. Shuncha o‘ynagan bo‘lsak, eng ko‘p mana shu klubga urg‘u bergandim. Birinchi liga bilan o‘ynayapmiz va bu aldamchi holat bo‘lishi mumkinligini futbolchilarga aytgandim. Yaxshi futbolchilarga ega jamoa edi va buni o‘yinda ham ko‘rdik, borlarini berib harakat qilishdi va oxirida o‘z niyatlariga yerishdilar. Bizda ham imkoniyatlar bor edi, unumli foydalanishimiz lozim edi.
Bu uchinchi o‘yinki, gol ura olmayapmiz. Bu achinarli. Biroq men ishonamanki, bundan ham kuchliroq bo‘lamiz. Bizga dars bo‘ldi, deb o‘ylayman. Hammamiz kerakli xulosalarni qilamiz. Bunaqasi boshqa qaytarilmaydi. Bunga ishonaman. Bu jamoaviy o‘yin va hammamiz birgalikda hal qilishimiz kerak. Bir-ikkita odam buni hal qilmaydi. Xulosalar qilib, bundan-da, yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Vaziyatlardan unumli foydalanishimiz lozim», - deya Gʻofurovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Anvar Gʻofurov: «Bu jamoani hurmat qilaman, lekin ularga yutqazmasligimiz kerak edi»
Eksklyuziv
29 avgust, 17:17
«Surxon» bosh murabbiyi «Guliston»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Фото: Сурхон ПФК
29.08.2026
FT
Oʻzbekiston Kubogi
Surxon
0
:
1
Gulistan