Bugun
34
O'zbek

Anvar G‘ofurov: «Kimga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik»

Eksklyuziv
25 avgust, 16:48
«Surxon» bosh murabbiyi OKMKga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Anvar G‘ofurov: «Kimga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik»
Фото: Сурхон ПФК
25.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon 0 : 0 ОКМК ОКМК

«Surxon» klubi OKMKga qarshi bahs olib bordi va uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0. Bu ayniqsa, Termizliklar uchun ijobiy natija. Boisi, 17-daqiqada «Surxon» futbolchisi maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, bir futbolchi kam bo‘lib qolgan jamoa OKMKdan ochko tortib oldi.

«Surxon» bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Assalomu alaykum. Aniq bilgan edik, bu yaxshi shakllangan jamoa, yaxshi futbolchilarga, yaxshi murabbiylar shtabiga ega. O‘ziga yarasha o‘yin strukturasiga ega. Yaxshi futbol o‘ynashadi, quvnoq futbol deyishadi bunaqa stilni, hujumkor o‘ynashadi. Bu ajoyib jamoa, shuni tan olgan holda maydonga tushgandik. Bilgan edik kimga qarshi o‘ynayapmiz va bizga har bitta o‘yinda ochkolar kerak. Futbolchilarga aniqroq tushuntiryapmiz. O‘ylaymanki, ko‘p o‘yinlarda biz natijada yutqazayotgan bo‘lsak ham, lekin o‘yin borasida biz yutqazmayapmiz. Albatta, bu yaxshi, ijobiy, ammo natija ham bo‘lishi kerak. Albatta, biz natijaga ham kelamiz. Bugungi o‘yin oson emas edi. Bolalarga katta rahmat, katta mehnat qilishdi. Termizdan kelgan muxlislarga alohida katta rahmat. Biz ularni eshitdik, bizni «podderjka» qilishdi. Menimcha, futbolchilarga bu dalda bo‘ldi, borini berib harakat qilishdi va yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi deb o‘ylayman. Uchrashuv boshida qizil kartochka o‘z so‘zini aytdi, albatta. Buni bilinmaslikka harakat qilishdi. Juda yaxshi holat, bunaqa muhit bo‘lganidan men xursandman, jamoamizda, bu juda yaxshi.

- 17-daqiqadagi qizil kartochkadan keyin futbolchilaringizni qanday ruhlantirdingiz? Baribir qizil kartochka barvaqt bo‘lgandi.

- Albatta, men har bitta futbolchiga ishonaman, aniq. U maydondami, maydondan tashqaridami yoki yigirmatalikka tushmagan bo‘lsa ham, har bitta futbolchiga ishonaman. Maydonga tushgan har bitta futbolchi, men aniq bilaman, u vazifani bajaradi va borini berishga tayyor. Ha, bizda o‘ziga yarasha muammolar bor, bunga qaramasdan biz o‘zimizning ishimizni qilishimiz kerak.

- Bugun ustozga qarshi jamoani olib chiqdiz. Keyingi tur chempionatda o‘sha «Bunyodkor»ga qarshi. Qanaqa o‘yin kutyapsiz?

- Bizda Kubok o‘yini bor, hali va chempionatda nima bo‘ladi? Albatta, endi bu – futbol. Agar kimdir oldindan bilsa, u har doim jahon chempioni bo‘lardi. Shuning uchun har safar har xil jamoa chempion bo‘lyaptimi, demak, hamma ishlashi kerak. Tayyorlik bo‘lishi lozim, har bitta o‘yinga. Albatta, qiziqarli o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Ko‘ramiz.

- Qachon Termizdagi stadionga qaytasizlar?

- O‘sha «Paxtakor» ham qancha pul sarflab va imkoniyatga ega bo‘lib turib, maydoni mana shunaqa holatga keldi. Bizda o‘ziga yarasha, endi baribir tushunasiz, muammo bor va u darajada sarf qilolmaymiz, balki. Hozirgi kunda u maysaga... U maysa ham muhtoj. Unga qarashish va dori-darmon berish uchun vaqtida bo‘lishi kerak va buning inobatga olishimiz kerak – iqlim. Termiz – eng issiq joy. Shu sababli bu yerda maydonni nazorat qilish juda qiyin. Men bilmadim, qanaqa mutaxassislar kerak. Balki Termizga boshqacha mutaxassislar kerakdir, harorat balandroqda o‘sha o‘tni kerakli darajada ushlab turish uchun. Lekin O‘zbekistonda istalgan joyni olaylik, xaritada eng issiq joy – Termiz, bu aniq. Buni ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Rahbarlar harakat qilishyapti, ammo, baribir qiyin narsa. Agar bu oson bo‘lganda, o‘sha imkoniyati bor jamoalarda ham shunaqa bo‘lyapti. Biz ham uyimizda minglab muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘ynashni xohlaymiz. Biz buni xohlamaymiz deb o‘ylaysizlarmi? Albatta, biz ham istaymiz. Lekin hozir vaziyatga to‘g‘ri baho berishimiz kerak va yana qaytarib o‘taman, o‘zimizning ishimizni qilishimiz kerak», - deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • ОКМК ОКМК
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar