Bugun
34
O'zbek

Mirjalol Qosimov: "Endi yigitlarga e'tiroz bildira olmayman"

Eksklyuziv
25 avgust, 17:03
OKMK ustozi "Surxon"ga qarshi bahsdan so'ng fikrlarini bildirdi.
Mirjalol Qosimov: "Endi yigitlarga e'tiroz bildira olmayman"
Фото: ОКМК
25.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon 0 : 0 ОКМК ОКМК

OKMK klubi bu turda "Surxon" bilan to‘qnash keldi. O‘yinining ko‘p qismida bir futbolchi ko‘p bo‘lib harakat qilgan olmalikliklar bu ustunlikdan natija bo‘yicha foydalana olmadilar. Uchrashuvda hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldilar.

O‘yindan so‘ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni aytdi:

- Fikrlar, bu uchinchi o‘yinki, gol ura olmayapmiz, bosh qotib yotibdi, vaziyatlarimiz bor, lekin o‘shani amalda aytaman-u, vaziyatga ochko bermaydi. Urilgan golga ochko berishi mumkin. "Surxon" jamoasi yaxshi himoyalandi, o‘yinining boshida ham darvozaboni qutqardi. Keyin ikkita vaziyat bo‘ldi, shulardan unumli foydalanib yakunlash kerak edi-da. Futbolda gol urmasang — shu. Hozir boshimiz qotyapti. Endi yigitlarga e'tiroz bildira olmayman. Borini berib harakat qilib, oxirigacha kurashib, kerak bo‘lsa, o‘sha kombinatsion o‘yinlarni, talabimizni bajarishyapti-yu, lekin darvozaga gol urish oqsayapti. Nima deymiz, ko‘rib chiqish kerak, boshqa ilojimiz yo‘q.

"Surxon" ham yaxshi harakat qildi. Hadeb hujumda o‘ynayverganda ham qarshi hujumda urib ketishi mumkin edi. Undan oldingi uchrashuvlarda ham xuddi shunaqa bo‘lgan edi. Ishlaymiz, boshqa iloji yo‘q. Bu eng keraklisi — o‘sha shijoat. O‘ylaymanki, buni ham baribir niyat qilamanki, mukofoti bo‘lsa kerak. O‘z-o‘zidan bu narsa mukofotsiz qolib ketadi, deb o‘ylamayman. Baribir buning ham bir hikmati bordir.

Uchta o‘yinda 15 tacha imkoniyat bo‘ldi-da. Superligada bunaqa sharoit yaratish... Bir xil paytlarda 90 daqiqa o‘ynab, bitta ham vaziyat bo‘lmasligi mumkin-da. Uchta o‘yinda, menimcha, hozir sanog‘iga ham yetolmayapman. Juda ham ko‘p vaziyatlar yaratmoqdamiz-da. lekin o‘sha narsa — oxirigacha yetadigan vaziyat... Uchta uchrashuvdan beri gol urolmaymiz-da. Yigitlarga aytarman, tuya so‘yib yuborishar", - deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • ОКМК ОКМК
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar