Superliganing 25-turida OKMK o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
22-daqiqada Mirjamol Qosimov Abubakr Rizo Turdialiyev uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 86-daqiqada Shohrux Gadoyev Elbekjon Yo‘lchiyevning uzatmasidan keyin muvozanatni tikladi. Biroq 90+2-daqiqada Siyavash Haqnazari OKMKga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Ushbu natijadan so‘ng OKMK 42 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 23 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.
Superliga. 25-tur
OKMK — Qo‘qon-1912 2:1
Gollar: Qosimov 22, Haqnazari 90+2 — Gadoyev 86.
Chetlatish: Hakimov (45+4).
OKMK: Abdunabiyev, Qosimov (Haqnazari, 87), Papava (Sarimsoqov, 80), O‘lmasaliyev, Turdialiyev, Xolmurodov (Peshich, 80), Sobirjonov, Abdurazzoqov (Tursunqulov, 80), Muqumjonov (Axrorov, 80), Sentoku, Karimov.
Qo‘qon-1912: Davronov, Yoqubov, Salimov, Gvazava, Nimeli, Hakimov, Akramov (Sidiqov, 59), G‘ulomov (Yo‘lchiyev, 81), Tabatadze (Malikjonov, 46), O‘ktamov (Gadoyev, 54), Hasanov (Sohibjonov, 81).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi