Italiya chempionatining 8-turida «Inter» o‘z maydonida «Fiorentina»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
65-daqiqada Alexandro Ximenes mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 90+1-daqiqada Markus Tyuram hisobni tenglashtirdi. 90+8-daqiqada esa Pyotr Zelinski penaltini aniq amalga oshirib, «Inter»ga g‘alaba keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Inter» 22 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Fiorentina» esa 4 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi.
A Seriya. 8-tur
Inter — Fiorentina 2:1
Gollar: Tyuram 90+1, Zelinski 90+8 (pen) — Ximenes 65.
Inter: Xosep Martines, Bissek, Akanji, Bastoni, Diuf, Chalxanoglu, Barella, Zelinski, Dimarko, Tyuram, Espozito.
Fiorentina: De Xea, Ximenes, Dragushin, Pongrachich, Vieri, Breshianini, Ndur, Fadzoli, Mastantuono, Pellegrino, Njie.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi