Superliganing 25-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bahsning 3-daqiqasida Shahzodbek Rahmatullayev Jambuli Jigauri uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 40-daqiqada Bilol To‘pliyev Sardor Mirzayevning uzatmasini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.
Ushbu natijadan so‘ng «Lokomotiv» 40 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. «Qizilqum» esa 34 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 25-tur
Qizilqum — Lokomotiv 1:1
Gollar: Rahmatullayev 3 — To‘pliyev 40.
Qizilqum: Rahmatov, Rahmatullayev (Turopov, 80), Kenjaboyev (Jumanqo‘ziyev, 58), Kumborovich, Shukurillayev, Jigauri (Abdug‘afforov, 80), Rizaqulov, Ro‘ziyev (Chabradze, 80), Duglas, Rahmatilloyev (Bozorov, 63), Jo‘raqo‘ziyev.
Lokomotiv: Kozlov, To‘pliyev (Shodiboyev, 46), Abduxoliqov, Shushnyar, Mirzayev (Nurulloyev, 82), Kucherenko, Turopov (Reimov, 67), Muhammadiev (Yo‘ldoshev, 67), Zoteev, Nishich (Ivanov, 67), Yaxshiboyev.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi