Live
11
O'zbek

Superliga. «Andijon» so‘nggi daqiqalarda «Dinamo»dan ochko tortib oldi

Futbol
25 oktabr, 11:12
    9
Usmonali Ismonaliyev 90+2-daqiqada gol urib, andijonliklarga durangni taqdim etdi.
Superliga. «Andijon» so‘nggi daqiqalarda «Dinamo»dan ochko tortib oldi
Foto: Dinamo Samarqand
25.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand 1 : 1 Andijon Andijon

Superliganing 25-turida «Dinamo» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi. Bahsning 85-daqiqasida Ulug‘bek Abdullayev samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi.

Biroq «Andijon» o‘yin oxirida hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqada Usmonali Ismonaliyev gol urib, «burgutlar»ga bir ochko olib keldi.

Ushbu natijadan so‘ng har ikki jamoaning ochkolari 31 taga yetdi. «Andijon» turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi, «Dinamo» esa 10-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 25-tur
Dinamo — Andijon 1:1
Gollar:
Abdullayev 85 — Usmonali Ismonaliyev 90+2.
Ogohlantirishlar: Toirov 76, Xoldorxonov 84.

Dinamo: Nemanov, Shtefan, Amonov (Haydarov, 55), Hojimirzayev (Abdusalomov, 84), Dumbuya, Jumaboyev, Xudoyberdiyev (Avanesyan, 55), O‘rmonjonov (Abdullayev, 65), Haydarevich, Abdurahmonov, Seytveliyev.

Andijon: Adhamov (Potapov, 46), Abdumajidov, G‘ulomov, Iminov (Andronikashvili, 79), Chalasan, Turg‘unboyev (Xoldorxonov, 46), Temirov, Ismonaliyev, Abdumannonov, Toirov, Turdimurodov (Karimov, 79).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar