Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Qozog‘istonda o‘tayotgan jahon chempionatida dastlabki medaliga sazovor bo‘ldi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher G‘aniyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan G‘aniyev bu safar uchinchi o‘rin uchun bahsda germaniyalik raqibidan ustun keldi. Shu tariqa u jahon chempionatlaridagi medallari sonini ikkitaga yetkazdi.