“Milan” yarimhimoyachisi Samuele Richchi “Komo”ga oʻtdi.
Oʻz tarixida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etadigan A Seriya klubi 25 yoshli italiyalikni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Janluka Di Marsio maʼlum qilishicha, “rossoneri” Samuelning ijarasi uchun 1,5 million yevro oladi. Shuningdek, mavsum yakunida “Komo” yevrokuboklarga yoʻl olgan taqdirda, shartnomada qoʻshimcha bonuslar ham koʻzda tutilgan. Futbolchini sotib olish esa 22 million yevroni tashkil qiladi.
Richchi “Torino”dan 23+1,5 million yevro evaziga transfer qilinganidan soʻng “Milan” safida bir mavsum oʻtkazdi. Tayanch yarimhimoyachisi A Seriyadagi 31 ta bahsda 1 ta gol urdi, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 3 ta sariq kartochka oldi.
“Milan” Richchini “Komo”ga ijaraga berdi
Futbol
29 avgust, 15:57
25 yoshli yarimhimoyachi yangi mavsumni YCHLda oʻynaydigan klubda oʻtkazadi.
Foto: Como