Live
3
O'zbek

Kamoliddin Tojiyev: «Hozircha men shu yerdaman, jamoa bilan oxirigacha kurashamiz»

Eksklyuziv
29 avgust, 16:49
«Paxtakor» bosh murabbiyi «Neftchi»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Kamoliddin Tojiyev: «Hozircha men shu yerdaman, jamoa bilan oxirigacha kurashamiz»
Фото: Пахтакор ПФК
29.08.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 1 : 0 Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

O‘zbekiston Kubogi nimchorak finalida «Neftchi» Farg‘onada «Paxtakor»ni qabul qildi va 1:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi. «Paxtakor» nimchorak finaldayoq Kubok musobaqasi bilan xayrlashdi. O‘yindan keyin «Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida fikr bildirdi va savollarga javob qaytardi.

- Yaxshi, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham ko‘p vaziyatlar yaratdi. Bugun kim gol ursa o‘sha klub yutib ketardi. Bundan oldingi ikkita uchrashuvda ham shunaqa bo‘lgandi, bugun ham shunday bo‘ldi. Yigitlarga aytdim, ular borini berishdi, oxirigacha kurashishdi. Muxlislarga yoqadigan uchrashuv bo‘ldi. «Neftchi»ga keyingi o‘yinlarda omad.

- Bu o‘yin siz uchun so‘nggi imkoniyat, degan xabarlar chiqqandi. Ushbu xabarlarda qanchalik jon bor va ushbu mag‘lubiyatdan keyin ham o‘zingizni «Paxtakor» bosh murabbiyi postida ko‘ryapsizmi?

- Rahbariyat ham buni ko‘tarmagan, bilmasam, bu xabar qayerda chiqqan? Biz «Paxtakor» bilan oxirigacha kurashamiz. Oldinda ancha o‘yinlarimiz turibdi. Chempionat bahslari, OCHL bellashuvlari bor. Hozircha men shu yerdaman, jamoa bilan oxirigacha kurashamiz.

- «Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida eshitdik. Klubda ko‘p maosh oladigan futbolchilar bor. Keyinchalik moliyaviy muammolar yuz bersa, klub «Neftchi» bilan chempionlik uchun emas, balki FIFA bilan transfer taqiqi uchun kurashadigan klubga aylanib qolmaydimi?

- Hali rahbariyat o‘zgargani haqida aniq narsa yo‘q. Hozirgacha Jahongir aka Ortiqxo‘jayev homiy bo‘lib turibdi. Biz homiy bo‘lmaymiz deb hali hech kim aytmadi. Hozircha o‘sha-o‘sha.

- Birinchi bo‘limda ikkita majburiy o‘zgarishni amalga oshirdingiz. Bu «Neftchi»ga qarshi o‘yin uchun yuklamalarni ko‘payib ketganidan dalolat emasmi?

- Ortiqcha yuklamalar emas. Ko‘ryapsizlar, chempionat ham tig‘iz o‘tyapti. Har 3-4 kunda o‘ynayapmiz. Bunday holatda jarohatlar bo‘lishi aniq. «Neftchi»da ham ancha jarohatlar bor. Birinchi taymdagi ikkita jarohat bizga ham pand berdi, deb o‘ylayman. 3-4 kun oldin o‘ynagandik, baribir kuch yo‘qotishadi. Jarohat baribir bo‘lib keladi.

- Mag‘lubiyatda balki taktik xatolar ham bordir?

- Jamoamiz o‘ynayapti, kurashyapti, vaziyatlar yaratyapti. Faqat gol ura olmayapmiz. Sardor Sobirxo‘jayev ham deyarli birga-bir chiqdi, gol ura olmadi. Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvlarda yaxshi bo‘lib ketadi.

- Lekin yangi taklif qilingan futbolchilar shu muammoni bartaraf qilish uchun taklif qilinmaganmidi?

- Ha, shuni ustida ishlayapmiz. Hech kimni ishlamayapsizlar, gol urginglar kelmayapti, deb aybdor qila olmayman. Hamma ishlayapti. Biz ham ishlayapmiz, biroq omadimiz kelmayapti.

- Islom Ismoilovning dadasi Murod Ismoilov o‘z vaqtida «Paxtakor»da ham, «Neftchi»da ham ishlagan. Siz «Paxtakor»da o‘ynagansiz. Islom Ismoilov dadasiga qaysi ambisiyalar bo‘yicha o‘xshash?

- U paytda biz futbolchi bo‘lganmiz. Qaysidir tomonlarida o‘xshash bor. Baribir Islom hozirda yangi avlod, yangilik kiritgan. Farq qiladi.

- Legionerlar o‘zini qanchalik oqlayapti?

- Hozircha biroz hujumda oqsayapmiz. Birinchi davrada ham shunaqa edi. Hujumchilarni yordam beradi, deb olib keldik. Ko‘rib turibsizlar, shuni ustida ishlayapmiz. Ular bilan ham gaplashyapmiz. Maydonga chiqib intilishyapti, gol uramiz deb yordam berishga harakat qilishyapti. Ammo hozircha gol kirita olmayapmiz-da.

- Bugun ham VAR o‘yinga biroz ta’sir ko‘rsatdi. Oxirgi o‘yinlarda «Paxtakor» ishtirokidagi uchrashuvlarda VAR asosiy planga chiqib qolyapti. «Neftchi»ni birinchi golida ichki xissiyotingizdan nimalar o‘tdi?

- Gol o‘tkazib yuborgandan keyin qanaqa xissiyot o‘tadi? Yaxshi xissiyot bo‘lmaydi.

- Oldinda yana qiyin o‘yinlar turibdi. Endi qaysi hujumchiga ishonch bildirasiz?

- Vaziyatga qaraymiz. Oldimizdagi birinchi vazifa tiklanishimiz kerak. Keyingi uchrashuvga tayyorlanishimiz lozim», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar