O‘zbekiston Kubogi 1\8 final bahslariga start berildi. Dastlabki juftlik sifatida Superliga vakili – «Surxon» birinchi liga ishtirokchisi – «Guliston»ni Olmaliqda qabul qildi.
Albatta, bellashuvdan avval favorit shubhasiz «Surxon» edi va termizliklarning g‘alaba qozonish imkoniyati sezilarli darajada baland edi. Biroq futbolda oldindan taxmin qilingan natija yana bir bor o‘zini oqlamasligini «Guliston» amalda namoyish qila oldi.
Birinchi liga vakili Olmaliqda chinakam qahramonlik ko‘rsatdi va Superliga klubini yagona gol evaziga mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Shunday qilib, «Guliston» sensatsiya qayd etib, «Surxon»ni yenggan holda O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin «Guliston» bosh murabbiyi Abbos Ergashev quyidagicha fikr bildirdi.
- Avvalambor, barcha sirdaryolik futbol muxlislarini, viloyatimiz rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan jamoamiz nomidan tabriklayman.
Ushbu g‘alabamizni butun sirdaryolik muxlislarga bag‘ishlaymiz. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, oldindan juda qiyin va og‘ir o‘yin bo‘lishini bilardik. «Surxon» jamoasini o‘rganib chiqqan paytimizda Superliganing top jamoalariga qarshi chiroyli hamda zamonaviy futbol namoyish etdi. Biz o‘sha darajaga qarab tayyorgarlik ko‘rgandik. Davralar oralig‘idiga katta tanaffus bizga nisbiy ta’sir qildi. Uchrashuvda yigitlarimiz biroz qiynalishdi», - deya Ergashevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Abbos Ergashev: «O‘yin og‘ir bo‘lishini bilardik»
Eksklyuziv
29 avgust, 17:07
«Guliston» bosh murabbiyi «Surxon»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Фото: Гулистон ПФК
29.08.2026
FT
Oʻzbekiston Kubogi
Surxon
0
:
1
Gulistan