O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichida «Neftchi» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi. Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkazilgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 81-daqiqada Stipe Peritsa tomonidan kiritildi. Vladimir Yovovichning uzatmasidan so‘ng hujumchi «Paxtakor» darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, «Neftchi» O‘zbekiston kubogining chorakfinal bosqichiga yo‘l oldi.
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
Neftchi - Paxtakor 1:0
Gol: Stipe Peritsa 81
Farg‘ona, «Istiqlol» stadioni
Neftchi: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikromjon Alijonov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (Bilolxon Toshmirzayev, 46), Vladimir Yovovich, Xurshid G‘iyosov (Muhsinjon Ubaydullayev, 70), Asilbek Jumayev (Jurani Ferreyra, 79), Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 70), Farruh Sayfiyev, Koffi Kuao.
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Zaid Tahsin, Xojiakbar Alijonov, Akmal Mozgovoy, Hojimat Erkinov (Bashar Resan, 27), Dostonbek Hamdamov (Flamarion, 42), Abdurauf Bo‘riyev, Sardor Sobirxo‘jayev (Dilshod Saitov, 78), Ayman Husayn (Stefan Chinedu, 78), Sherzod Nasrullayev, Muhammadrasul Abdumajidov.
Ogohlantirish: Xojiakbar Alijonov 74.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi