«Fiorentina» «Torino» hujumchisi Alieu Njie transferini yakunlash arafasida. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klub futbolchining vakillari bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Njie «Fiorentina» bilan 2030 yil iyunigacha shartnoma imzolaydi. Kelishuvda uni 2031 yilgacha uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Klublar ayni paytda transfer shartlarini yakunlash bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bitim 16 mln yevro va bonuslar ko‘rinishidagi yana 4 mln yevroga baholanmoqda.