Italiyaning «Fiorentina» klubi rahbariyati 2026/2027 yilgi mavsum yakunlangach, darvozabon David de Xea bilan xayrlashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, klub mutasaddilari 36 yoshli ispaniyalik posbonning so‘nggi paytlardagi o‘yinlaridan qoniqmayapti. Rahbariyat uning maydondagi harakatlari va ko‘rsatayotgan natijalaridan norozi.
Bundan tashqari, de Xeaning yuqori maoshi ham «Fiorentina»ni tashvishlantirmoqda. Darvozabon soliqlar hisobga olingan holda yiliga 3,5 million yevro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi 2024-yil avgust oyida Florensiya klubiga kelib qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ayni paytda de Xeaning transfer qiymati 3,5 million yevroga baholanmoqda. Avvalroq «Fiorentina» bosh murabbiy Fabio Grosso bilan xayrlashgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi