Bugun
22
O'zbek

Rasman: «Fiorentina» Fabio Grosso bilan xayrlashdi

Futbol
7 sentabr, 02:02
    5
Navbatdagi mag‘lubiyat klub rahbariyatining «sabr kosasini to‘ldirdi».
Rasman: «Fiorentina» Fabio Grosso bilan xayrlashdi
Foto: Gettyimages

Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Italiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi, jahon chempioni Fabio Grosso «Fiorentina» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. A Seriya 3-turi doirasida klub mavsumdagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa ham, yakunda «Torino»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 1:2.

Natijada, klub rahbariyati o‘tgan mavsum «Sassuolo»dagi samarali faoliyatidan keyin katta umidlar bilan jamoaga olib kelingan Grosso bilan xayrlashishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, «Fiorentina» 20-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda jamoani jadvalning quyi qismidagi «qo‘shnisi» «Venetsiya» bilan bahs kutib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar