Live
1
O'zbek

«Bavariya» Noyerning o‘rniga uch nafar darvozabonni ko‘rib chiqmoqda

Futbol
12 noyabr, 08:30
Manuel Noyer faoliyatini muddatidan oldin yakunlamoqchi emas, biroq klub uning o‘rniga nomzodlarni izlamoqda.
«Bavariya» Noyerning o‘rniga uch nafar darvozabonni ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer jarohati sabab 6–12 haftaga safdan chiqqan. Shunga qaramay, tajribali futbolchi ushbu jarohat tufayli faoliyatini muddatidan oldin yakunlashni rejalashtirmayapti.

Germaniyaning Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, Noyer 2026/2027 yilgi mavsumni oxirigacha o‘tkazmoqchi. Biroq uning kelasi yil yozida futbolchilik faoliyatini yakunlash ehtimoli 99,9 foizga baholanmoqda.

Shu bilan birga, «Bavariya» ikkinchi darvozabon pozitsiyasi uchun nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Klub ro‘yxatidan Oliver Baumann, Bernd Leno va Loris Karius o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalida 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Borussiya» Dortmund ham shuncha ochko jamg‘argan, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda bormoqda.

Bugungi yangiliklar