Live
1
O'zbek

«Napoli» Maktomineyni 25–30 million yevroga sotishi mumkin

Futbol
12 noyabr, 07:30
Shotlandiyalik yarimhimoyachiga «MYU», «Real», «Milan» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda.
«Napoli» Maktomineyni 25–30 million yevroga sotishi mumkin
Foto: Getty Images

«Napoli» yarimhimoyachisi Skott Maktominey yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, klub futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan.

Manbada aytilishicha, 29 yoshli shotlandiyalik futbolchi yiliga 8 million yevro maosh talab qilgan. Ushbu vaziyatdan «Manchester Yunayted» foydalanishga tayyor.

«Napoli» Maktominey bo‘yicha 25–30 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. «MYU»dan tashqari «Real», «Milan» va «Aston Villa» ham yarimhimoyachining holatini kuzatmoqda.

Ma’lumot uchun, Maktominey ushbu mavsum barcha musobaqalarda 11 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, shotlandiyalik futbolchi 2024 yilda «Manchester Yunayted»dan «Napoli»ga ko‘chib o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar