Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq prezidenti Olga Smorodskaya Rossiya milliy jamoasining O‘zbekiston va Venesuelaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik bahslari haqida fikr bildirdi.
«Rossiya milliy jamoasi yaxshi jamoalarga qarshi o‘ynaydi. Futbolchilarimiz ushbu darajada nimalar ko‘rsatishini ko‘ramiz. O‘zbekiston va Venesuela — bu, albatta, Bruneydan yaxshiroq», — deya Smorodskayaning so‘zlarini «Sport-Ekspress» nashri keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun, 12 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya milliy jamoasi 17 noyabr kuni Venesuelaga qarshi ham o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Shu kuni esa O'zbekiston milliy jamoasi safarda Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi.