Live
1
O'zbek

Karpin Kannavaro uning familiyasini eslay olmaganiga munosabat bildirdi

Futbol
12 noyabr, 04:20
Fabio Valeriy haqida gapirayotib, uning yaxshi futbolchi bo‘lganini ta’kidlagan.
Karpin Kannavaro uning familiyasini eslay olmaganiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
12.11.2026, 10:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Rossiya Rossiya

Rossiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin O‘zbekiston milliy jamoasi ustozi Fabio Kannavaro uning ism-familiyasini eslay olmaganiga munosabat bildirdi.

Avvalroq italiyalik mutaxassis Rossiya milliy jamoasi bosh murabbiyi haqida gapirayotib, uning yaxshi futbolchi bo‘lganini ta’kidlagan, ammo ismi va familiyasini eslay olmagan edi.

Karpin esa bu holatga ortiqcha ahamiyat bermadi.

«Eslay olmagan bo‘lsa, bu men uchun katta ahamiyatga ega emas», — deya rossiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress» nashri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari bugun, 12 noyabr kuni Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi belgilangan. Ushbu uchrashuvda ikki milliy jamoa bosh murabbiylari o‘zaro to‘qnash keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar