Live
1
O'zbek

«MYU» Pochettinoni 9 million yevroga sotib oladi — Manba

Futbol
12 noyabr, 07:00
Tomonlar argentinalik mutaxassisning tayinlanishi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
«MYU» Pochettinoni 9 million yevroga sotib oladi — Manba
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik bilan xayrlashganidan so‘ng yangi bosh murabbiy izlashga kirishdi. Germaniyaning Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, jamoani Maurisio Pochettino boshqarishi kutilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan va bu kelishuv yuz foizga tasdiqlangan. Biroq argentinalik mutaxassis bilan tuziladigan shartnoma muddati hozircha noma’lum.

«MYU» Pochettinoni 9 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini faollashtiradi. Mutaxassis milliy jamoalar bahslari uchun ajratilgan tanaffusdan keyin jamoa boshqaruvini qabul qilishi kutilmoqda. Hozirda u AQSH milliy jamoasini boshqarmoqda.

Ma’lumot uchun, Pochettino Angliyada «Sauthempton», «Tottenhem» va «Chelsi» klublarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 10 turidan keyin 8 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar