Live
16
O'zbek

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova JCHda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Boshqa sportlar
29 avgust, 11:19
O‘zbekiston vakillari Poznanda o‘tkazilayotgan jahon chempionatida sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova JCHda kumush medalni qo‘lga kiritdi
Foto: OlympicUz

Polshaning Poznan shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Ayollar o‘rtasidagi 200 metr masofaga juftlik kanoe dasturida Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu O‘zbekiston milliy jamoasining mazkur jahon chempionatidagi ikkinchi medali bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, kecha erkaklar o‘rtasidagi 200 metr masofaga yakkalik kanoe dasturida Artur Guliyev ham kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Bugungi yangiliklar