«Atalanta» erkin agent maqomidagi Frank Kesseni klubga qaytarish maqsadida unga rasmiy shartnoma taklifini yubordi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Kelishuv jarayoniga «Atalanta» direktori Kristian Juntoli boshchilik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kesse «Atalanta» safida 2015–2017 yillarda to‘p tepgan va keyinchalik «Milan», «Barselona» hamda «Al Ahli» klublari tarkibida faoliyat yuritgan.