Transfer huquqi «Atalanta» klubiga tegishli bo‘lgan markaziy himoyachi Onest Ahanor Angliya premer-ligasi top-klublaridan biri qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchini Londonning «Chelsi» klubi o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Ta’kidlash lozim, bergamoliklar shu yozning o‘zida Ahanor transferi bo‘yicha 2 ta taklifni rad etib ulgurgan.
Ma’lumot uchun, himoyachi o‘tgan yili yozda «Atalanta» safiga ko‘chib o‘tgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Ahanorning aktual transfer narxini 30 million yevroga baholamoqda.