Live
4
O'zbek

«Lids» Mudrik uchun muzokaralarni davom ettirmoqda

Futbol
25 avgust, 08:57
Ukrainalik futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishni istamoqda.
«Lids» Mudrik uchun muzokaralarni davom ettirmoqda
Foto: Getty Images

«Lids» «Chelsi» vingeri Mixail Mudrikni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi yorkshirliklar klubiga o‘tishga qiziqmoqda va aynan «Lids» variantini afzal ko‘rmoqda. U faoliyatini APLda davom ettirishni istayapti.

Biroq «Lids» londonliklar qo‘yayotgan shartlardan xavotirda. Klublar ijara to‘lovi va Mudrik maoshining qaysi qismini «Lids» to‘lashi masalasini muhokama qilgan. Yorkshirliklar o‘zlari uchun nomaqbul shartlarga rozi bo‘lmasligini bildirgan.

«Chelsi» esa futbolchini «Strasburg»ga ijaraga berish variantini afzal ko‘rmoqda. Mazkur klub ham BlueCo kompaniyasiga tegishli. Ammo Mudrik bu variantni ko‘rib chiqmayapti.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» futbolchilarini «Strasburg»ga ijaraga berish uchun joriy mavsumda uchta joy mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi Filip Yorgensen va Djenesis Antvi tomonidan band qilingan. Qolgan joy Dario Esugo uchun kerak bo‘lishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Lids Lids
Bugungi yangiliklar