Live
1
O'zbek

Mourinio Vinisius haqida: «Uning xatti-harakatlari ustida ishlash mumkin»

Futbol
25 avgust, 08:29
Murabbiy muxlislar bilan munosabatda futbolchining reaksiyasini nazorat qilish mumkinligini ta’kidladi.
Mourinio Vinisius haqida: «Uning xatti-harakatlari ustida ishlash mumkin»
Foto: Getty Images
26.08.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Real Sociedad Real Sociedad

«Real» bosh murabbiyi Mourinio Vinisius Juniorning uchrashuvlar paytidagi xatti-harakatlari ustida ishlash mumkinligini aytdi.

«Maydonda va undan tashqarida muammolar bo‘lishi mumkin. Agar gap gomofobiya yoki irqchilik haqida ketmayotgan bo‘lsa, tribunadagi haqoratlarga munosabatni, menimcha, nazorat qilish va bu borada ishlash mumkin.

O‘yin, fol va penalti masalalari hakamning javobgarligida. Mening xarakterimni hisobga oladigan bo‘lsak, agar menga ham shunday munosabatda bo‘lishganida, ehtimol, qizil kartochka olgan bo‘lardim. Uning raqib muxlislari bilan munosabatlari ustida ishlash mumkin», — dedi Mourinio «Real Sosyedad»ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar