"Tottenhem" "Manchester Siti" vingeri Savinionni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Transfer narxi 85 million funt sterling (taxminan 99 million yevro)ni tashkil qilishi xabar qilinmoqda. Ayni paytda Savinio "Manchester Siti" tarixidagi eng qimmat sotilgan futbolchi hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum braziliyalik vinger "Manchester Siti" safida APLda 24 ta o'yin o'tkazib, 1 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi.
Avvalroq "shaharliklar" Savinio bilan shartnomani uzaytirgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi