Bugun
34
O'zbek

Volkanovski Yevloyevga mag'lub bo'lsa, faoliyatini yakunlamaydi

MMA
25 avgust, 03:05
UFC chempionining murabbiyi Aleks faoliyatini mag'lubiyat bilan yakunlamasligini aytdi.
Volkanovski Yevloyevga mag'lub bo'lsa, faoliyatini yakunlamaydi
Foto: Getty Images

UFC chempioni Aleksandr Volkanovskiyning murabbiyi Jo Lopes Movsar Yevloyevga qarshi UFC 333 turnirida mag'lub bo'lgan taqdirda ham jangchi faoliyatini yakunlamasligini aytdi.

«Biz bu masalani Aleks bilan muhokama qilamiz. Lekin Volkanovskiyni yaxshi bilganim uchun aytishim mumkinki, u mag'lub bo'lsa: «Mag'lubiyat bilan faoliyatimni yakunlashni istamayman, qaytib kelib revansh olishni xohlayman», deydi.

Uning qanchalik raqobatbardosh ekanini bilaman. Aleks har doim yaxshi tayyorgarlik ko'radi va hozir ancha vaqtdan beri bo'lmagan darajada kuchga ega», — dedi Lopes.

Ma'lumot o'rnida, Volkanovski — Yevloyev jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC 333 turniri doirasida bo'lib o'tadi.

Bugungi yangiliklar